ESCAPELLE
Yevropadagi yetakchi ishlab chiqaruvchidan peroral kontratsepsiya
Dunyo bo'ylab 400 milliondan ziyod foydalanish
Escapelle — shoshilinch kontratsepsiya tabletkasi bo'lib, istalmagan homiladorlikning oldini olishda yordam beradi. Rejali kontratsepsiya vositasi emas
Escapelle`ni himoyalanmagan aloqadan keyin dastlabki 72 soat davomida qabul qilish lozim
Emizadigan ayollar Escapelle`ni quyidagi tartibda qabul qilishi kerak: bolani emizish, keyin tabletkani qabul qilish, va 6 soatdan keyin bolani emizishni tiklash mumkin
Preparatning tavsifi
Ta'sir qilish muddati
Emizuvchi ayollarda qo'llash
Preparat haqida eng muhim narsalar — qisqacha
ESCAPELLE — yagona shoshilinch kontratsepsiya tabletkasi (SHKT) bo'lib, himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 72 soat davomida istalmagan tasodifiy homiladorlikning xavfsiz oldi olinishini ta'minlaydi
F.A.Q
Escapelle preparati va uni qo'llash haqida eng ko'p beriladigan beshta savol
Escapelle qaysi holatlarda qo'llaniladi?
Himoyalanmagan aloqada dastlabki 72 soat davomida. Masalan, agar juftlikning jinsiy aloqasida prezervativ yirtilib ketsa.
Rejali kontratsepsiyada ikki kun davomida tabletkalar iste'mol qilinmasa.
Kontratsepsiyaning  to'siqli usulidan foydalanganda muvaffaqiyatsizlik ro'y bersa
(agar prezervativ yirtilib ketsa).
Spermitsidli tabletka to'liq erimaganda.

Escapelle`ni qabul qalish qoidalari

Escapelle tabletkasini ovqatlanishdan qat'i nazar menstrual siklning istagan kunida qabul qilish mumkin. Escapelle preparatining samaradorligi faqat bitta himoyalanmagan jinsiy aloqaga taalluqlidir. Escapelle`ni qabul qilishdan keyin navbatdagi menstruatsiyagacha bo'lgan aloqalarga samaradorlik ta'sir etmaydi. Shuning uchun navbatdagi menstruatsiyaning boshlanishigacha kontratsepsiyaning to'siqli usullarini qo'llash muhimdir.
Escapelle`ni qabul qilgandan keyin navbatdagi menstruatsiya qachon boshlanadi?

Escapelle`ni qabul qilganda menstrual siklda ozgina buzilishlar kuzatilishi mumkin. Menstrual siklning muntazamligida o'zgarishlar kutilgan menstruatsiya kunidan +/- 7 kundan ortmaydi. Aksariyat ayollarda Escapelle menstrual siklda o'zgarishlarni keltirib chiqarmaydi.


Nima Escapelle`ni qabul qilishda xavotirni keltirib chiqarmasligi kerak?

Escapelle`ni qabul qilgandan keyin bir sutka davomida maxsus davolashlarsiz qolmaydigan bosh og'rig'i, holsizlik, ko'krak bezlarida qattiqlashish paydo bo'lishi mumkin. Vositani rejali kontratsepsiya sifatida qo'llash mumkin emas. Muntazam jinsiy hayotda rejali kontratsepsiya usullarini qo'llash ravsiya etiladi.



Homiladorlik haqida afsonalar
Afsona: Qiz birinchi jinsiy aloqadan keyin homilador bo'la olmaydi.
Haqiqat: Qiz birinchi menstruatsiya boshlanganidan keyin homilador bo'la oladi.

Afsona: Homilaga qarshi vositalarni qabul qilish kelajakda homilador bo'lishi imkonini pasaytiradi
Haqiqat: Ko'plab tadqiqotlar oral kontratseptiv vositalarni qabul qilish tuxumdonlarning ovarial zaxirasini kamaytirmasligi va homilador bo'lish imkonini pasaytirmasligini ko'rsatdi.

Odatda homilaga qarshi preparatlarni qabul qilishni homilador bo'lishdan 3 oy oldin yakunlash tavsiya etiladi.
Urug'lantirish — bu yetilgan tuxumhujayraning spermatozoid bilan to'qnash kelishidir. Buning uchun faqat ikkita shart zarur bo'lib, bular: hujayralarning mavjudligi va ularning bir-birini topish imkoniyati.
JSST (Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti) o'tkazgan ESCAPELLE faol ingrediyentining klinik tadqiqotlarida butun dunyodagi 5859 nafar ayol ishtirok etdi. Unda homiladorlikning boshlanishi foizi 1,01% ni tashkil etishi aniqlangan. Bu shuni anglatadiki, agar siz ESCAPELLE`ni qabul qilsangiz, homilador bo'lmasligingiz imkoniyati 99%ga teng bo'ladi.

Peroral kontratsepsiya — himoyalanmagan aloqada istalmagan homiladorlik va u bilan bog'liq bo'lgan abortning oldini olishni ogohlantirishning zarur usulidir.

To'g'ri kelmaydigan belgilar mavjud.

Qo'llashdan oldin yo'riqnoma bilan tanishib chiqing yoki mutaxassis bilan maslahatlashing.

Qanday holatlarda ESCAPELLE tayinlanadi?

Prezervativ yirtilib ketganda
Juftlik o'rtasidagi jinsiy aloqa paytida prezervativ yirtilib ketgan holatlarda istalmagan homiladorlikning oldini olish maqsadida keyingi 72 soat davomida ESCAPELLE`ni qabul qilish lozim.
Himoyalanmagan jinsiy aloqada
Juftlik o'rtasida himoyalanmagan jinsiy aloqa ro'y berib, homiladorlik juftlikning rejasiga kirmaganda
Faqat 72 soat davomida
Preparat faqat dastlabki 72 soat davomida ta'sir qiladi.
ESCAPELLE — bu ABORT emas

ESCAPELLE — bu tarkibida bitta umumiy ayollar gormoni — levonorgestrel, progestin bo'lgan “shoshilinch kontratsepsiya tabletkasi” yoki “kelasi tong tabletkasi”dir. Ushbu gormon homiladorlikning oldini olib, asosan ovulyatsiya (tuxumhujayraning tuxumdondan chiqishi)ni to'xtatadi yoki uning oldini oladi va shu bilan urug'lantirishning oldini oladi, implantatsiyaning sekinlashuviga ta'sir ko'rsatmaydi va (homiladorlik boshlanishining har qanday belgilariga ko'ra) homiladorlikni to'xtatmaydi, ya'ni abortiv ta'sir ko'rsatmaydi va boshlangan homiladorlikka yoki homilaga zarar yetkazmaydi. “Abort tabletkasi” (yana “medikamentoz abort” deb ham nomlanadi) — bu butunlay boshqa preparatdir. Homiladorlikni to'xtatish tabletkalari kechroq qo'llaniladi va boshqacha ta'sir ko'rsatadi: ular homiladorlikni aniqlanganidan keyin rivojlanishdan to'xtatadi. Homiladorlikni to'xtatish tabletkasi boshlangan homiladorlikni to'xtatadi, keyin esa bachadonni homila mahsulotlarini chiqarib yuborishga majburlaydi. Homiladorlikni to'xtatish tabletkalarini qo'llash shoshilinch kontratsepsiya tabletkalaridan foydalanishga ko'ra yanayam qattiqroq nazorat qilinadi. Shoshilinch kontratsepsiya tabletkalaridan farqli ravishda homiladorlikni to'xtatish tabletkalarini dorixonada retseptsiz sotib olish mumkin emas.
Медицинское объяснение механизма работы препарата Эскапел
Bizning aloqalarimiz

+99893 382 09 00

+99897 734 6556

Made on
Tilda